Savdo-sanoat palatasi axborot xizmatining ma`lum qilishicha, joriy yilning 24-26 may kunlari Toshkentdagi «O`zko`rgazmasavdo» ko`rgazmalar zalida Flowers & Garden Expo Uzbekistan nomli gulchilik va bog`dorchilik xalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tadi, deb yozadi O`zA.
Qayd etilishicha, ushbu ko`rgazma O`zbekiston bilan xorijiy kompaniyalar o`rtasida hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish, shuningdek mamlakat gulchilik va bog`dorchilik bozoriga investisiyalarni jalb qilish hamda tajriba almashish imkonini beradi.
Flowers & Garden Expo Uzbekistan gullar, o`simliklar va urug`lar, floristika va dizayn, bog` bezaklari, bog`dorchilik uskunalari va texnikasi, bog` va peyzaj dizayni, issiqxonalar, barbekyu va aksessuarlar kabi bo`limlarni o`z ichiga oladi. Ko`rgazmada B2B formatida biznes uchrashuvlar tashkil etiladi.






