AsosiyJamiyat

Janubiy koreyalik mutaxassis O`zbekiston Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari etib tayinlandi

'Janubiy koreyalik mutaxassis O`zbekiston Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari etib tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentning Qarori bilan Dongvuk Li O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari va O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

U sog`liqni saqlash sohasiga ilg`or xorijiy tajribalarni joriy etish bo`yicha takliflar tayyorlash va islohotlarni ekspert jihatdan qo`llab-quvvatlashga mas`ul etib belgilandi.

Shu jumladan, unga xalqaro standartlar va JSST tavsiyalari asosida sohani kompleks huquqiy tartibga solish, tizimni moliyalashtirish va tashkil etish, majburiy tibbiy sug`urtani joriy etish, davlat-xususiy sheriklik va tibbiy turizmdan foydalanishning eng yaxshi amaliyotlarini yurtimizda qo`llash, investisiyalarni jalb etishda qulay shart-sharoitlar yaratish va raqobat muhitini yaxshilash hamda «elektron sog`liqni saqlash» tizimlarini keng tatbiq etish kabi vazifalar ham yuklatildi.

Dongvuk Li ayni paytga qadar Koreya Respublikasining Sog`liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligida demografik siyosat bo`yicha vazirning o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar