AsosiyJamiyat

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi ishga taklif etmoqda

'"Taraqqiyot strategiyasi" markazi ishga taklif etmoqda'ning rasmi

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi Harakatlar strategiyasining davlat boshqaruvi, sud-huquq, iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, xavfsizlik va xalqaro aloqalar hamda jamoatchilik bilan ishlash yo`nalishlari bo`yicha mutaxassislarni doimiy ishga taklif etadi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali ma`lum qildi.

Nomzodlarga qo`yiladigan talablar:

oliy ma`lumotga ega bo`lishi;

tahliliy materiallar tayyorlash;

ijodiy fikrlash va yondashuv;

o`z mutaxassisligi bo`yicha malakali tajriba (xorijiy tajriba olqishlanadi);

xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik olib borish va loyihani boshqarish ko`nikmalari;

kompyuter savodxonligi;

Nomzodning xorijiy tillarni bilishi olqishlanadi.

Vazifalar:

Harakatlar strategiyasi va uni amalga oshirilishi bo`yicha ma`lumotga ega bo`lishi;

Davlat dasturi ijrosi bo`yicha vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish;

normativ-huquqiy hujjat loyihalari ustida ishlash;

Davlat dasturi ijrosini doimiy monitoring qilish;

O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bo`yicha xorijiy tajribani qo`llash;

o`z sohasi rivoji bo`yicha yangi g`oyalar taklif etish.

Oylik ish haqi miqdori har bir nomzod bilan alohida muhokama qilinadi.

Nomzodlar ma`lumotnomalari faqat elektron manzil orqali qabul qilinadi hamda komissiya tomonidan saralab olingan nomzodlargina suhbatga taklif etiladi.

    Boshqa yangiliklar