AsosiyJamiyat

Kimlar er solig`idan to`liq ozod qilingan?

'Kimlar er solig`idan to`liq ozod qilingan?'ning rasmi

Bosh prokuratura tomonidan nogironligi bo`lgan fuqarolarning mol-mulki va er uchastkasiga nisbatan soliq imtiyozlarining qo`llanishi ahvoli o`rganildi.

Ma`lumot uchun. Soliq kodeksiga ko`ra, I va II guruh nogironlarining 60 kv.m.gacha bo`lgan mol-mulkiga soliq solinmaydi hamda ular er solig`idan to`liq ozod qilingan.

Monitoring natijasida quyidagilar aniqlandi:

Soliq kodeksiga asosan 121 493 nafar nogironligi bo`lgan shaxslarga mol-mulk solig`i bo`yicha imtiyoz qo`llanilib, 116 629 nafari er solig`idan ozod qilingan.

O`rganish davomida 2 944 nafar (2,4 %) nogironligi bo`lgan shaxslarga soliq imtiyozlari qo`llanilmasdan qolganligi aniqlandi.

Ushbu holatning kelib chiqishiga:

– soliq, moliya, kadastr idoralari, pensiya jamg`armalari va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining soliq imtiyoziga ega bo`lgan nogironligi bo`lgan shaxslar haqida o`zaro ma`lumot almashinuvi to`g`ri yo`lga qo`yilmaganligi;

– soliq imtiyozlari bilan bilan bog`liq targ`ibot tadbirlarining etarlicha o`tkazilmaganligi sabab bo`lgan.

O`rganish natijasida:

– 2 944 nafar nogironligi bo`lgan shaxslarga 143,1 mln. so`m mol-mulk soliq imtiyozi, 2 694 nafariga 184,0 mln. so`m er solig`idan ozod qilinishi;

– jami 2 944 nafar nogironligi bo`lgan shaxslarga 327,1 mln. so`mlik soliq imtiyozlari qo`llanilishi ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar