AsosiyJamiyat

Rossiyada mablag`siz qolgan 500 kishi O`zbekistonga qaytarildi

'Rossiyada mablag`siz qolgan 500 kishi O`zbekistonga qaytarildi 'ning rasmi

Rossiya hududida hujjatsiz va mablag`siz qolgan fuqarolarga uyiga qaytishga yordam berilmoqda, deb xabar qildi Mehnat munosabatlari vazirligi vazirligi matbuot xizmati.

“Moskva va Sankt-Peterburgdagi vaqtinchalik ushlab turish markazlaridan bugunga qadar jami 503 nafar odam olib kelindi”, - deyilgan xabarda.

Ularning har biri bilan tibbiyot hamda O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining xodimlari ish olib bormoqda.

Rossiya hududida mablag`siz, qiyin ahvolda qolgan fuqarolar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi hisobidan O`zbekistonga qaytariladi.

    Boshqa yangiliklar