AsosiyJamiyat

Ixtiyor Abdullaev bir yilda ikki og`ir operasiyani boshdan kechirgan

'Ixtiyor Abdullaev bir yilda ikki og`ir operasiyani boshdan kechirgan'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi lavozimida ishlab kelgan Ixtiyor Abdullaev sog`ligi yomonlashgani tufayli o`z arizasiga binoan lavozimidan ozod etilgan, deb yozmoqda O`zA.

Ma`lum qilinishicha, keyingi bir yilda Abdullaev bo`yin va bel umurtqa pog`onasida ikki marta og`ir jarrohlik amaliyotini o`tkazgan.

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan general-leytenant Azizov Abdusalam Abdumavlanovich O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi lavozimiga tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar