AsosiyDunyo

Bred Pitt ajrashish jarayoni nihoyasiga etayotganidan juda xursand

'Bred Pitt ajrashish jarayoni nihoyasiga etayotganidan juda xursand 'ning rasmi

Bred Pitt Anjelina Joli bilan ajrashish jarayoni nihoyasiga etayotganidan o`zida yo`q xursand, deya ma`lum qildi Graziamagazine.ru nashri.

Mana, uchinchi yildirki, ikki Gollivud juftligi ajrasholmay halak edi. Ammo hammasi ortda qolmoqda.

Shuncha jarayon ichida Pitt giyohvand emasligini, farzandlariga qo`l ko`tarmaganini isbotlashga to`g`ri keldi, qolaversa, katta miqdordagi aliment ham to`ladi.

Hozir Bredning boshi osmonda, chunki “Anjelina bilan ajrashish” nomli alog`-chalog` tush tugadi. Ana endi aktyor bemalol karerasini davom ettirishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar