Hozirgi kunda kinostudiyalar yozuvchilarning asarlari bo`yicha faol ravishda filmlar suratga olmoqda, deya ma`lum qilmoqda Segodnya.ua nashri.
Shu kunlarda Leonardo Di Kaprio ongida 24 nafar shaxs yashaydigan rolni ijro etishi ma`lum bo`ldi. Asar “Billi Malliganning sirli o`tmishi” deb nomlanib, muallif Deniel Kiz hisoblanadi.
Billining ongida “og`riq manbasi” Devid, ingliz Artur, qallob Allen, yugoslav Reyjen Vadaskovinich, Adalana, parodiyachi Stiv, musiqachi Tommi va boshqalar yashaydi.
Rejissyorlik kursisini Joel Shumaxer egallagan. Film namoyishi hozircha noma`lum.






