Istanbuldagi sakkiz qavatli binoning qulashi oqibatida halok bo`lganlarning soni 21 nafarga etdi.
Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu ma`lum qilishicha, vayronalar ostidan 14 nafar jarohatlanganlar olib chiqilgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, hodisa vaqtida binoda 35 kishi bo`lgan va ularning barchasi aniqlandi. Qidiruv-qutqaruv ishlari esa davom ettiriladi.
Avvalroq, Istanbul hokimi Ali Erlikayya qutqaruv amaliyotida turli idoralardan 500 ga yaqin xodimlar ishtirok etganini, prokuratura favqulodda holat bo`yicha tergov o`tkazganligini ma`lum qilgan edi. Binoning qulashiga ehtimoliy sabab sifatida esa yuqori qavatlardagi noqonuniy qurilmalar keltirilmoqda.
Turkiyaning atrof-muhit va shaharsozlik vaziri Murat Qurumning aytishicha, uyning qurilishida ishlatilgan betonda katta miqdorda dengiz qumi topilgan.






