AsosiyJamiyat

Jizzaxda bir oilaning 8 nafar a`zosi oziq-ovqat mahsulotidan zaharlandi

'Jizzaxda bir oilaning 8 nafar a`zosi oziq-ovqat mahsulotidan zaharlandi'ning rasmi

2019 yil 8 fevral kuni Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida yashovchi M.P. (ismli ayol) o`z uyida oila a`zolari bilan birgalikda uy sharoitida tayyorlangan marinadlangan pomidor mahsulotini iste`mol qilgan va natijada 8 nafar kishi zaharlangan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Zaharlanganlarning 5 nafariga kasalxonada tibbiy yordam ko`rsatilib, uyiga javob berilgan. Uch nafari kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Hurmatli fuqarolar, uy sharoitida tayyorlangan tuzlama mahsulotlarini iste`mol qilishda hamisha hushyor bo`ling, avvalo uning iste`molga yaroqlilik holatiga alohida e`tibor qarating!", - deya ogohlantirgan IIV.

    Boshqa yangiliklar