Birlashgan Arab Amirliklarida pauerlifting bo`yicha Jahon kubogi o`tkazilmoqda.
Bugun ayollar o`rtasida -55 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Roza Qo`zieva 110 kg natija ko`rsatib, ikkinchi natijani qayd etdi va kumush medalga sazovor bo`ldi, deb xabar berdi MOQ.
Sportchilarimiz musobaqada murabbiy Fazliddin Umirzoqov qo`l ostida ishtirok etishmoqda.
Eslatib o`tamiz Roza Qo`zieva Indoneziyada o`tkazilgan Paraosiyo o`yinlarida oltin medalni qo`lga kiritgan. Shuningdek, u 2018 yilda Milliy olimpiya qo`mitasi tomonidan tashkil etilgan «Milliy sport mukofoti» taqdirlash marosimida O`zbekistonning eng yaxshi paralimpiyachisi sifatida e`tirof etilgan.






