AsosiyJamiyat

300 dan ziyod qoplarga joylangan selitra manziliga etib bormadi

'300 dan ziyod qoplarga joylangan selitra  manziliga etib bormadi'ning rasmi

Bugungi kunda mineral o`g`itlarning noqonuniy savdosi bilan shug`ullanayotgan “uddaburon”lar to`g`risida keng jamoatchilikka qator targ`ibot ishlari amalga oshirib kelinishiga qaramasdan, hanuzgacha bu kabi qonunbuzarliklar uchrab turibdi.

Xususan, kuni kecha Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari bilan hamkorlikda Muborak tumanida tezkor tadbir o`tkazildi. Tadbir davomida, “Qarshi-Xorazm” yo`nalishida harakatlanayotgan fuqaro
Sh.M. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasi to`xtatilib, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.

Natijada, fuqaro Sh.M. avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo`lmagan 308 dona polietilen qoplarda jami og`irligi 15,4 tonna bo`lgan ammiakli selitra mineral o`g`itlarini hech qanday hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi fosh etildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar