Respublikamizga tovar-moddiy boyliklarni import qilish bo`yicha aniq va samarali tartiblar ishlab chiqilgan bo`lib, bunda eng avvalo yurtdoshlarimiz salomatligi shuningdek, ichki ishlab chiqaruvchilar manfaatlari ham alohida ahamiyat kasb etadi. Afsuski, amaldagi tartiblarga rioya qilmay, bozorlarimizni sifatsiz mahsulotlar bilan to`ldirishga harakat qilayotgan “ishbilarmon”lar ham yo`q emas.
“Daut-ata” chegara bojxona posti xodimlari parfyumeriya va dori vositalari noqonuniy olib kirishga bo`lgan bir nechta urinish o`z vaqtida fosh qilindi.
Jumladan, mazkur post orqali kirib kelgan fuqaro X.M.ning qo`l yuklari xolislar ishtirokida bojxona ko`rigidan o`tkazilganda, ushbu shaxs tomonidan yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan, qiymati 11 million 270 ming so`mlik parfyumeriya va dori-darmon mahsulotlarini noqonuniy ravishda olib kirmoqchi bo`lganligi aniqlandi.
Yana bir “uddaburon” fuqaro R.M. ning qo`l yuklari bojxona ko`rigidan o`tkazilganda, hech qanday hujjatlari bo`lmagan 8 million so`mlik parfyumeriya mahsulotlarini noqonuniy olib kirmoqchi bo`lganda bojxonachilar tomonidan qo`lga olindi.
Shuningdek fuqaro R.N.ning ham puxta o`ylangan rejasini bojxonachilar barbod qilishdi. Ya`ni, salkam 6 million so`mlik parfyumeriya va dori-darmon vositalarini qo`l yuklari orasiga yashirib olib o`tayotganda bojxonachilar tomonidan to`xtatib qolindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.






