AsosiyJamiyat

O`zbekiston artilleriyachilari zamonaviy o`t ochish usullarini qo`lladi

'O`zbekiston artilleriyachilari zamonaviy o`t ochish usullarini qo`lladi'ning rasmi

Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Kattaqo`rg`on” dala o`quv maydonida “Hududda otishni tashkil etish va o`t ochishni boshqarish” bo`yicha ko`rgazmali mashg`ulotlar o`tkazildi. Bu haqida Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Artilleriya boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan o`quv yig`inining amaliy mashg`ulotlarida Mudofaa vazirligi tasarrufidagi barcha artilleriya bo`linmalari mutaxassislari, oliy harbiy ta`lim muassasalarining artilleriya kafedralari vakillari ishtirok etdi.

photo_2019-02-09_14-53-21.jpg

O`quv mashg`ulotlari davomida 122-mm gaubisa D-30 hamda BM-21 artilleriya qurollaridan aylanma mudofaa pozisiyasidan to`g`ridan-to`g`ri nishonga yo`naltirib 12-14 km masofalarga hamda safar holatidan 8-9 km masofaga o`t ochilib, belgilangan shartli nishonlar yakson qilindi. Taktik mashg`ulotlar jarayonida shartli kichik qo`poruvchi guruhlarning aralash divizion kolonnasiga hujum uyushtirish va zarbani qaytarish, minalashtirilgan hudud to`siqlaridan o`tish, kabi 7 xil ko`rgazmali o`quv joylari tashkil etildi. Amaliy mashg`ulotlarda to`xtovsiz o`t ochishning zamonaviy usuli – artilleriya halqasi qo`llanildi. O`q otish mashg`ulotlarida yorituvchi va oskolkali-fugasli snaryadlardan foydalanildi.

Mashg`ulot yakunida yig`in ishtirokchilari nazariy imtihon topshirdilar va muvaffaqiyatli ishtirok etgan harbiy xizmatchilar faxriy yorliq va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

photo_2019-02-09_14-53-25.jpg

photo_2019-02-10_13-49-10.jpg

photo_2019-02-10_13-49-12.jpg

photo_2019-02-10_13-49-14.jpg

photo_2019-02-10_13-49-18.jpg

photo_2019-02-10_13-49-26.jpg

    Boshqa yangiliklar