AsosiyJamiyat

Harbiy xizmatchilar bilan huquqiy targ`ibotni kuchaytirishga qaratilgan tadbir o`tkazildi

'Harbiy xizmatchilar bilan huquqiy targ`ibotni kuchaytirishga qaratilgan tadbir o`tkazildi'ning rasmi

Samarqand shahridagi O`zbekiston yoshlar ittifoqi binosida harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari bilan huquqiy targ`ibotni kuchaytirishga qaratilgan tadbir o`tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Unda huquq-tartibot idoralari xodimlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi mutaxassisi hamda Samarqand davlat universiteti o`qituvchilari ishtirok etdi.

Tadbir ochiq muloqot tarzda tashkil etilib, unda harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari o`zlarini qiziqtirgan savollar bo`yicha huquqiy ko`mak va maslahatlar olishdi. Shuningdek, hozirgi vaqtda oilalarda yuzaga kelayotgan kelishmovchiliklarning sabablari, erkak va ayol kishini oiladagi mas`uliyati xususida mutaxassislarning fikrlari tinglandi.

Tadbir so`nggida terroristik tashkilot va oqimlarning kelib chiqishi, ba`zi davlatlarda hukm surayotgan notinchliklar haqidagi film namoyish etildi.

    Boshqa yangiliklar