Xabaringiz bor, O`zbekiston delegasiyasi Berlin xalqaro kinofestivali doirasida bo`lib o`tayotgan butunjahon kinosanoati vakillari uchun eng yirik tadbirlardan biri bo`lgan Evropa kinobozorida birinchi marta o`z taqdimotlari bilan ishtirok etmoqda.
Xalqaro kinofestivaldamamlakatimizning tajribali va yosh kino mutaxassislari xorijiy nufuzli kinokompaniyalar vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Mazkur muzokaralar Turkiya, Fransiya, Italiya, Ukraina, Ispaniya, Misr, Buyuk Britaniya mamlakatlari bilan amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda kinofestivalda O`zbekiston milliy kinokomissiyasini Xalqaro kinokomissiyalar assosiasiyasiga a`zo bo`lish masalasi ko`rib chiqilyapti.
«Scorpion» filmi esa Buyuk Britaniyaning pavilonida sotilmoqda.
Yurtimizda ananaviy o`tkazilayotgan PROloguekinofestivali taqdimotlari ham davom etmoqda.
Kinofestivalda xindistonlik super yulduz Rangvir Sinx
o`zbekkinosidan takliflar bo`lsa, bajonidil qabul qilib, o`zbek aktyorlari bilan bir safda rol o`ynash niyati borligini ta`kidladi.
Delegatlar jahon kinosanoati vakillari bilan O`zbekiston ishtirokida qo`shma kinoloyihalar qilish hamda chet el kinokompaniyalarini yurtimizga filmlar suratga olish uchun taklif etish yuzasidan hamkorlik aloqalarini o`rnatishmoqda.
Eslatib o`tamiz, ushbu pavilonni tashkillashtirishda O`zbekiston yoshlar ittifoqi, «O`zbekkino» Milliy agentligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda O`zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi yaqindan ko`maklashdi.






