Rossiya poytaxti Moskvada “Afg`onlararo muloqot” nomli forum bo`lib o`tdi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Unda MDH davlatlaridan vakillar, “Tolibon” harakati, afg`on muxolifati ishtirok etgan. Biroq uchrashuv Afg`oniston hukumati ishtirokisiz o`tkazildi. Ikki kun davom etgan forumning asosiy maqsadi Afg`onistonda tinchlik o`rnatishga qaratilgan. “Tolibon” harakati mamlakatda inklyuziv islomiy davlat yaratish rejasi borliginii bildirdi, ayollarga ko`proq huquq berishga rozi ekanini ta`kidlash bilan birga, islomiy normalarga asoslangan yangi konstitusiyaga o`tishni ham talab qildi.






