AsosiyJamiyat

O`qituvchilar maoshidan 500 mingdan ushlab qolgan XTB xodimlari jazoga tortildi

'O`qituvchilar maoshidan 500 mingdan ushlab qolgan XTB xodimlari jazoga tortildi'ning rasmi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o`qituvchilarning maoshidan ushlanib qolgan pullar o`rganildi.

Inspeksiya xabariga ko`ra, tumandagi 82 ta umumta`lim maktablarida ishlovchi 5154 nafar pedagog xodimlarning 3115 nafaridan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va boshqa kommunal to`lovlar uchun noqonuniy ravishda roziligi olinmay, ish haqidan ushlab qolingan.

«Mazkur holat bo`yicha aybdor bo`lgan Amudaryo tumani xalq ta`limi bo`limi mudirining o`rinbosari R. Matqurbanov hamda Xalq ta`limi boshqarmasi Markazlashtirilgan moliya buxgalteriya xizmati bosh hisobchisi M. Qalandarov O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi bilan eng kam ish haqining besh baravari (1 013 650 so`m) miqdorida jarimaga tortildi», — deyiladi axborotda.

Ma`lum qilinishicha, Qoraqalpog`iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan mazkur huquqbuzarlik holati bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligiga 2019 yil 8 fevral kuni qonunbuzilishini bartaraf etish va kelgusida yo`l quymaslik yuzasidan belgilangan tartibda taqdimnoma kiritildi.

Shunga qaramay, Kun.uz muxbirida nusxasi mavjud tuman xalq ta`limiga yuborilgan MIB talabnomasida boshqa manzara aks etgan.

2019 yil 5 fevral kuni Amudaryo tumani MIB bo`limi boshlig`i Ergash Jumamurodov imzosi bilan tasdiqlangan talabnoma xatida (11/1288-19) xodimlarning ish haqidan kommunal to`lovlar uchun ushlab qolish masalasi bayon etilgan va reja belgilab berilgan. Mana shu reja 10 fevralga qadar mutasaddilar rejani bajarishi kerak edi. Oqibatda o`qituvchilarning maoshidan asossiz pullar ushlab qolingani haqida barchamiz bildik.

Garchi Majburiy ijro byurosi Amudaryo tumani bo`limi boshlig`i o`rinbosari Hasan Jumaqulov to`lovlar uchun ushlab qolinadigan pullar ishchilar ixtiyoriga ko`ra amalga oshirilishini ta`kidlasa-da, talabnomada 10 fevralga qadar amalga oshirilishi lozim bo`lgan reja nega keltirilgani shubhani paydo qiladi. Balki bu masalaga Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi tekshiruvi oydinlik kiritar

    Boshqa yangiliklar