AsosiyJamiyat

Mehnat vazirligi Rossiyada halok bo`lgan 2 fuqaroning jasadini qaytarishga yordam beradi

'Mehnat vazirligi Rossiyada halok bo`lgan 2 fuqaroning jasadini qaytarishga yordam beradi 'ning rasmi

O`zbekiston mehnat vazirligi Rossiyaga ishlashga ketib, baxtsiz hodisa tufayli halok bo`lgan ikki fuqaroning jasadlarini vatanga qaytarishga yordam beradi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma`lum qildi.

Joriy yilning 6 fevral kuni Kolomyaj prospekti, 10-uy manzili bo`yicha joylashgan "Shimoliy zavod"dagi sexda pardozlash ishlarini olib borish jarayonida balandlikdan tushib ketish oqibatida Sank-Peterburg shahrida 1990 yilda tug`ilgan Alisher Usarov halok bo`lgan.

Halokat dalillari bo`yicha ayni paytda tergov-tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atiladi.

Hozirgi kunda vafot etgan fuqaroning murdasi Sank-Peterburg, Ekaterinsk prospekti, 10-uy manzili bo`yicha sud-tibbiy ekspertizasi Byurosi morgida saqlanmoqda.

Shuningdek, 6 fevral kuni 1998 yilda tug`ilgan O`zbekiston fuqarosi Tolibjon Esonov Leningrad viloyati Murino shahrida "Kraski leta" turar joy kompleksida qurilayotgan uyning 14-qavatidan yiqilib, halok bo`lgan.

Jinoiy ish hali qo`zg`atilmagan. Ayni paytda fojiali holat yuzasidan tekshiruv ishlari o`tkazilmoqda. Halok bo`lgan fuqaroning jasadi Leningrad viloyati Toksovo shahar morgida saqlanmoqda. Tergov ishlari olib borilmoqda.

"Jasadlarni yurtga transpartirovka qilish bo`yicha dastlabki barcha chora-tadbirlar o`tkazildi, O`zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari olib ketishga ruxsat berilishini kutmoqda", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar