Fransiyaning LʼÉquipe gazetasi Evropa top-5 chempionatlaridagi eng ko`p maosh oluvchi futbolchilar ro`yxatini taqdim etdi.
Unga ko`ra, eng ko`p oylik maoshni “Barselona” hujumchisi Lionel Messi oladi. Argentinalikning maoshi soliqlar bilan qo`shib hisoblaganda 8,3 million evroni tashkil etadi.
Ikkinchi o`rinda esa “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu bormoqda. Ronaldu har oy 4,7 million evro oladi. Uchinchi o`rinda borayotgan Antuan Grizmannga “Atletiko” oyiga 3,3 million evro miqdorida pul to`laydi.
Evropada eng ko`p haq to`lanadigan Top-10 futbolchi
1. Lionel Messi (“Barselona”) – 8,3 mln evro (oyiga);
2. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”) – 4,7;
3. Antuan Grizmann (“Atletiko”) – 3,3;
4. Neymar (PSJ) – 3,06;
5. Luis Suares (“Barselona”) – 2,9;
6. Garet Beyl (“Real”) – 2,5;
7. Filippe Koutino (“Barselona”) – 2,3;
8. Aleksis Sanches (“Manchester Yunayted”) – 2,28;
9. Kilian Mbappe (PSJ) – 1,73;
10. Mesut Ozil (“Arsenal”) – 1,6.






