AsosiyJamiyat

Registon hamda Imom Buxoriy majmualari oliy toifali ob`ektlar sifatida ro`yxatga kiritildi

'Registon hamda Imom Buxoriy majmualari oliy toifali ob`ektlar sifatida ro`yxatga kiritildi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyuldagi «Ommaviy tadbirlar o`tkazish qoidalari to`g`risida»gi qaroriga ko`ra, Samarqand viloyati markazidagi 24 ta, shahar va tumanlar hududidagi 54 ta ob`ektlar konstruksiyasi mustahkamligi, sig`imi, jihozlanganligi va xavfsizlik talablariga javob berishini inobatga olib, viloyatdagi bir qator ob`ektlar ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy tadbirlarni o`tkazish ob`ektlari sifatida ro`yxatga kiritildi.

Jumladan, Registon hamda Imom Buxoriy majmualari, Sportning o`yin turlar va engil atletika bo`yicha IBSO`M, “Dinamo” o`yingohi, Samarqand viloyati eshkak eshish sport maktabi kabi sport inshootlari oliy toifali ob`ektlar sifatida ro`yxatga kiritildi, deb xabar bermoqda Zarnews.uz nashri.

Shuningdek, viloyat markazi, shahar va tumanlar hududidagi madaniyat va san`at saroylari, teatrlar, kinoteatrlar, istirohat bog`lari, restoranlar va sport inshootlarida ham ommaviy-madaniy va ijtimoiy-siyosiy tadbirlar o`tkazilishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar