AsosiySiyosat

Komil Allamjonov yangi lavozimga tayinlandi

'Komil Allamjonov yangi lavozimga tayinlandi'ning rasmi

Komil Allamjonov rasman O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi xabar berdi.

4 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoev Allamjonov Komil Ismailovichni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlash to`g`risidagi farmoyishni imzoladi.

Bir necha kun ilgari qabul qilingan agentlik faoliyatini tashkillashtirish to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga binoan, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori o`z maqomiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o`rinbosariga tenglashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar