Xalq bankining Farg`ona viloyati, Yozyovon tumanidagi filialida 100 ming dollar naqd pul yo`qolib qolgan.
Viloyat prokuraturasining ma`lum qilishicha, 2019 yilning 5 fevral kuni Yozyovon tumani IIB navbatchilik qismiga soat taxminan 23:40 larda Xalq banki tuman filiali boshqaruvchisi pul yo`qolganligi aniqlangani to`g`risida xabar bergan.
Hozirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va prokuratura xodimlaridan iborat maxsus tergov guruhi tuzilib, voqea joyida tezkor surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan (juda ko`p miqdorda o`g`rilik) jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






