AsosiyJamiyat

Komil Allamjonov jurnalistlar uchun yagona guvohnoma joriy qilinishiga izoh berdi

'Komil Allamjonov jurnalistlar uchun yagona guvohnoma joriy qilinishiga izoh berdi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, 2019 yil 1 iyungacha jurnalistlarning milliy guvohnomasini ishlab chiqish va joriy etish rajalashtirilmoqda.

O`zbekiston matbuot va axborot agentligining direktori vazifasini bajaruvchi Komil Allamjonov guvohnoma nima uchun joriy qilinayotgani va u kimlarga berilishi haqida ma`lumot berdi.

"Ushbu guvohnoma Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining gologramma muhri bilan tasdiqlangan ID karta ko`rinishida bo`lib, unda guvohnoma egasi haqida ma`lumot, fotosurat, himoyalangan shaxsiy shtrix-kod mavjud bo`ladi", – deya ma`lum qildi Komil Allamjonov o`zining Facebook‘dagi sahifasida.

Qayd etish joiz, milliy guvohnoma Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan akkreditasiyadan o`tkazilgan jurnalistlarga bepul taqdim etiladi. Guvohnoma jurnalistning haqiqatan professional kasb egasi ekanligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

"Mazkur guvohnoma jurnalistlarga kasbi yuzasidan vazirliklar va boshqa davlat idoralariga, jamoatchilik va madaniy joylarga (ko`rgazma, teatr, kinoteatr, muzey, konsert, ko`ngilochar va dam olish hududlari, sport musobaqalari va boshqa ommaviy tadbirlar) to`siqlarsiz kirish, axborot olish, materiallarni tayyorlash va tarqatishda hamkorlik qilish, shuningdek, vazirliklar va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda idoralarning ichki tadbirlarida ishtirok etish imkonini beradi", - degan Allamjonov.

    Boshqa yangiliklar