Somali poytaxti Mogadishoda portlash sodir etildi, deya xabar berdi Trend nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, portlovchi qurilmalar joylangan avtomobil shaharning markaziy ko`chalaridan birida harakatga keltirilgan. Natijada esa kamida 10 kishi halok bo`lgan. Portlash zarbidan atrofdagi restoran va boshqa binolarga jiddiy zarar etgan. Hozirda atrof polisiya tomonidan o`rab olingan. Mazkur hujum uchun javobgarlikni “Al-Shabab” terrorchilik guruhi o`z zimmasiga olmoqda.






