Samarqanddagi Ko`ksaroy maydonidagi 12 qavatli binoda ilk marotaba svetdiodli ekran ishga tushadi, deb xabar bermoqda Zarnews.uz nashri.
Ming kvadrat metr maydonni egallaydigan ushbu superekran Toshkentdagi "O`zbekiston” mehmonxonasi fasadidagi kabi ekran bo`lib, unda ijtimoiy roliklar hamda Samarqandning tarixiy obidalari namoyish etiladi.

Ayni paytda ekranni qurish ishlari sanoat alpinizmi xizmatlarini ko`rsatuvchi viloyatdagi yagona «Komfort fasad dizayn» MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.






