AsosiyJamiyat

Bojxonachilar sifati kafolatlanmagan mahsulotlar saqlanayotgan noqonuniy omborni aniqlashdi

'Bojxonachilar sifati kafolatlanmagan mahsulotlar saqlanayotgan noqonuniy omborni aniqlashdi'ning rasmi

Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Toshkent va Sirdaryo viloyatlari bojxonachilari bilan hamkorlikda Sirdaryoda tezkor tadbir o`tkazdi.

Tadbir davomida fuqaro M.M.ning yashash xonadoni ko`zdan kechirildi. Natijada, ushbu xonadonda tashkil qilgan “Yama”da sifati kafolatlanmagan mahsulotlar – 3984 dona dori va tibbiyot vositalari, 28 ming dona spirtli ichimlik aksiz markalari, shuningdek, parfyumeriya, energetik ichimliklar hamda rangli metall parchalari borligi aniqlandi. “Yama”dagi tovarlarning umumiy bahosi 475,8 million so`mni tashkil qildi.

Ayni paytda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar