Hozirga kelib Venesuela sog`liqni saqlash tizimi jiddiy inqirozni boshdan kechirmoqda, deb xabar berdi NTV.ru nashri.
So`nggi 2 yil ichida mamlakatda dori-darmon etishmovchiligi bilan bog`liq muammo kuchaygan. Bemorlar dorixona, shifoxona, klinikalardan zaruriy dori vositalarini topa olishmayapti. Bu taqchillik shifokorlarni ham tashvishga solmoqda. Ular davosi bor kasaliklarni ham davolay olmayotganlari tufayli o`lim holatining oshib borayotganini xabar qilishmoqda.
Mamlakatning amaldagi rahbari Nikolas Maduro sohadagi ta`minot muammosini hal qilishga bir necha bor uringan. Biroq harakatlar hech qanday natija bermagan.






