AsosiyJamiyat

Deputat Kusherboevni sarson qilgan amaldorlar viloyat hokimi tomonidan jazolandi

'Deputat Kusherboevni sarson qilgan amaldorlar viloyat hokimi tomonidan jazolandi'ning rasmi

O`tgan haftada Yangiyo`l va Zangiota tumanlarida deputat bilan uchrashuv mahalliy hokimiyatning aybi bilan o`tkazilmay qolgan. Oliy Majlis deputati bu haqda Facebook sahifasida yozgandan so`ng, voqea mamlakat bo`yicha keng muhokama qilina boshlandi.

Bugun Toshkent viloyati hokimi G`ulomjon Ibragimov bu holatga e`tibor qaratdi. "Bir so`z bilan aytganda, sharmandagarchilik bu", - deya viloyat hokimining so`zlarini keltirmoqda O`zA.

Oliy Majlis deputatiga, xalq vakiliga hurmatsizlik qilingani, tashkiliy yo`nalishda xato-kamchilikka yo`l qo`ygani uchun bir qator rahbarlarga intizomiy jazo berildi.

    Boshqa yangiliklar