Saudiya Arabistoni chempionatining 18-turida "Ohod" va "Al-Ittifoq" jamoalari o`zaro to`qnash kelishdi.
Mazkur bahsda Ignatiy Nesterov "Ohod" uchun o`zining debyut uchrashuvini o`tkazdi, deb xabar bermoqda Olamsport nashri.
Birinchi bo`limda Muhammad Fuzayir va Karl Mejani o`z hisoblariga gol yozdirib qo`yishdi va natijada "Uhud" klubi 2:0 hisobidagi ustunlik bilan tanaffusga yo`l oldi.
Ahmad Akeshi 51-daqiqada Nesterov darvozasiga yo`l topa oldi - 2:1. Uchrashuvning 35-daqiqasida "Uhud" futbolchisi Muhammad Yahyo qizil kartochka sabab maydonni erta tark etdi. Ushbu natija o`yin tugaguniga qadar o`zgarmadi. Musobaqada "Al-Ittifoq" 7-o`rinda, "Ohod" klubi esa oxirgi 16-pog`onada bormoqda.






