O`zbekiston karate milliy federasiyasi binosida turkiyalik karate ustasi Yunus Demir mahorat saboqlari o`tkazmoqda.
Federasiya matbuot xizmatidan xabar berishicha, seminarda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 100 nafardan ortiq yosh, karate ustalari jismoniy, texnik va taktik mashg`ulotlardan saboq olmoqda.

Ma`lumot uchun, Yunus Demir karatechilar sulolasining munosib davomchilaridan hisoblanib, mamlakat terma jamoasi bilan doimiy ravishda o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazadi.






