AsosiyDunyo

Parijda noodatiy konsept-kar taqdim etildi

'Parijda noodatiy konsept-kar taqdim etildi 'ning rasmi

Yaponiyalik dizayner Takumi Yamamota tomonidan yaratilgan noodatiy konsept-kar Parijdagi xalqaro avtomobillar festivalida taqdim etildi, deya xabar qilmoqda TASS nashri.

Loyiha muallifining ta`kidlashicha bu avtomobil britaniyalik mashhur xonanda va musiqachi Devid Bouining sharafiga yaratilgan.

– Uni yaratish va loyihalashtirishga 3 yil ketgan. Mashina ham xuddi san`atkorning ijodi kabi o`zgaruvchan, – deydi Takumi Yamamota. – Men Devid Bouining ashaddiy muxlisiman. 9 yoshimdan beri uni sharafiga nimadir ixtiro qilishni xohlaganman. Mana, niyatimga etdim, garchi buni Devidning o`zi ko`rmasa ham.

Parij xalqaro avtomobillar festivalida yana turli yangi modellar namoyishi bo`lib o`tmoqda.

    Boshqa yangiliklar