O`zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg`ona viloyati boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda «Farg`ona elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rahbari U.K. va bosh muhandisi I.O. «A» xususiy korxonasiga tegishli avtomashinalarga gaz quyish shoxobchasi hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming 500 AQSh dollari talab qilishdi. Shundan 4000 dollarni xususiy korxona bosh muhandisi M.dan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan U.K. va I.O.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v, g» bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






