AsosiySiyosat

O`zbekiston va Qozog`iston hukumat delegasiyalari uchrashuvi bo`lib o`tdi

'O`zbekiston va Qozog`iston hukumat delegasiyalari uchrashuvi bo`lib o`tdi'ning rasmi

27 yanvar – 1 fevral kunlari poytaxtimizda O`zbekiston – Qozog`iston Davlat chegarasini demarkasiya qilish bo`yicha ikki davlat hukumat delegasiyalari uchrashuvi bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko`ra, uchrashuvda davlatlararo chegarani demarkasiya qilish bo`yicha yakuniy hujjatlarni tayyorlash davom ettirildi va joriy yilda amalga oshiriladigan dala demarkasiya ishlariga oid masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralar do`stlik va hamfikrlilik ruhida o`tdi.

    Boshqa yangiliklar