AsosiyDunyo

Volkswagen AG avtomobil bozoridagi savdo borasida etakchilik qilmoqda

'Volkswagen AG avtomobil bozoridagi savdo borasida etakchilik qilmoqda 'ning rasmi

Germaniyaning Volkswagen AG kompaniyasi bu yil ham jahon avtomobil bozoridagi savdo borasida etakchilik qilmoqda, deb xabar qildi Report nashri.

Mana, uch yildirki, kompaniya birinchilikni qo`ldan bermayapti. Volkswagenning daromadi o`tgan yilga nisbatan 0,7 foizga oshgan. Ikkinchi o`rinni esa Renault-Nissan-Mitsubishi egallab turibdi. Yaponiyaning avtomobil ishlab chiqaruvchisi Toyota uchinchilikni qo`lga kiritgan. Dizel yoqilg`isida harakatlanadigan mashinalarga bo`lgan talabning pasayishi hamda yirik davlatlar orasidagi savdo urushi jahon avtomobil bozoriga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Kompaniyalar esa kelasi yil vaziyat yaxshilanishiga umid qilishmoqda.

    Boshqa yangiliklar