Buyuk Britaniya poytaxti Londonda 14 ta insonparvarlik tashkilotlari Yamandagi vaziyatni muhokama qilish uchun yig`ilishdi, deya xabar qildi Lenta.ru nashri.
Unda ko`rilgan mavzu Yamanda yuzaga kelgan inqirozli vaziyatni bartaraf etishga qaratildi. 5 yildan buyon davom etayotgan harbiy mojarolar mamlakatda iqtisodiy qashshoqlik hamda ocharchilikni kelib chiqishiga olib kelgan.
“Ayni vaqtda Yamanda dunyodagi eng yomon inqirozli vaziyat hukm surmoqda. Odamlar devorsiz qamoqxona kabi bir mamlakatda yashashmoqda. Yaxshi hayot u yoqda tursin, odamlar o`z bolalariga kunlik ovqat topisholmayapti”, – deydi xalqaro Qizil xoch tashkiloti vakili.






