Joriy yilning 30-31 yanvar kunlari “Qamchiq” dovonida qor yog`ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi, tuman tushib ko`rinishning 50-100 metrgacha yomonlashishi, shamolning tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi, yo`llarda qor uyumlarining yuzaga kelishi, yo`lning muzlashi kutilmoqda.
Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.






