Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Alvaro Morata Ispaniyaning “Atletiko” klubiga o`tdi, deya xabar qildi Report nashri.
Endilikda futbolchi “Atletiko” tarkibida 22-raqam ostida to`p suradi. Klub Morataning ijarasi uchun “Chelsi”ga 7,5 million evro to`laydi va 40-45 million evro evaziga uni to`liq sotib olish huquqiga ega bo`ldi. Hozircha ijara muddati 2020 yil yoziga qadar belgilangan.






