AsosiyDunyo

Venesuela qurbonlari 35 nafarga etdi

'Venesuela qurbonlari 35 nafarga etdi 'ning rasmi

Venesuelada iqtisodiy va siyosiy inqirozli vaziyat tufayli kelib chiqqan namoyishlarda qurbon bo`lganlar soni 35 nafarga etdi, deya xabar berdi Trend nashri.

Shuningdek, hukumatga qarshi noroziliklar tufayli 850 kishi hibsga olingan. Ayni vaqtda muxolifat etakchisi Xuan Guaydo aholini Evropa davlatlari tomonidan mamlakatda prezident saylovi o`tkazishga qaratilgan ultimatumni qo`llab-quvvatlashga chaqirmoqda.

Guaydo o`zining Twitterdagi sahifasida “Nima uchun biz har kuni namoyishlar o`tkazyapmiz? Odamlar har kuni o`z hayotlari uchun kurashmoqda. Agar namoyishchilar qo`llab-quvvatlansa, harbiylar va davlat xizmatchilari odamlar bilan kurashishga majbur bo`lishmaydi”, – deya xabar qoldirgan.

    Boshqa yangiliklar