AsosiyJamiyat

​Chirchiqdagi harbiy bilim yurti kursantlari qadimiy va navqiron Buxoroga sayohat qilishdi

'​Chirchiqdagi harbiy bilim yurti kursantlari qadimiy va navqiron Buxoroga sayohat qilishdi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidentining mamlakatimizda turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan farmoni ijrosini ta`minlash hamda ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida Chirchiq oliy tank qo`mondonlik-muxandislik bilim yurtining 70 nafardan ziyod birinchi bosqich kursantlari qishki ta`til kunlarida Buxoro viloyatiga ekskursiya qilishdi.

Ekskursiya dasturi qiziqarli va mazmunli uchrashuvlarga boy bo`ldi. Sayohat kursantlarning «Munis ona» haykali poyiga gullar qo`yishi bilan boshlandi. Shundan so`ng sayohatchi harbiylar Buxoro shaharidagi tarixiy- me`moriy obidalarni ziyorat qilishdi.

Buxoroga sayohat qilish davomida bo`lg`usi ofiserlar shaharning 19-sonli umumta`lim maktabi o`kuvchilari bilan uchrashib, «Jasorat» darslarini tashkil etishdi xamda o`quvchilarga «Temur tuzuklari» nomli kitoblarini sovg`a qilishdi. Uchrashuv so`ngida bilim yurti faoliyatiga doir film namoyish etildi.

Ayniqsa, ziyoratga xolis niyat bilan borgan harbiylar shaharda joylashgan 32-sonli Mehribonlik uyiga tashrifi ushbu maskan tarbiyalanuvchilari qalbiga bir olam cheksiz quvonch hadya etdi.

Shunday qilib dastlabki bosqich kursantlarining birinchi ta`tili o`zgacha boshlandi.

    Boshqa yangiliklar