27 yanvar kuni soat 05.10 da Namangan shahri “Davlatobod” MFYdagi 6-kichik nohiya, 25-uy, 10-xonadonda yong`in sodir bo`ldi, deb xabar qilmoqda YoXBB matbuot xizmati.
Voqea joyiga 2 ta yong`in o`chirish ekipajlari jalb etilgan. Bo`linmalar soat 05.17 da etib kelib, yong`in soat 05.22 da to`liq bartaraf etilgan. Yong`inni o`chirish jarayonida uy bekasi va uning 2007 hamda 2014 yillarda tug`ilgan farzandlari yong`in xavfsizligi xodimlari tomonidan qutqarilgan. Tan jarohati olganlar yo`q.
Yong`in oqibatida uyning 2 kv metr maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Yong`inning kelib chiqish sababi nostandart elektr isitish moslamasini yoqib, nazoratsiz qoldirilishi.

Bundan tashqari, shu kuni Xorazm viloyatining Xiva tumani, Gandimyon mahallasidagi Jannatmakon ko`chasi 52-uyda ham yong`in sodir bo`lgan.
Bo`linmalar voqea joyiga etib kelib, ko`rgan tezkor harakatlari natijasida yong`in to`liq bartaraf etgan. Yong`inni o`chirish jarayonida uy egasi tutundan dimiqqan holda yong`in xavfsizligi xodimlari tomonidan qutqarilib, shifoxonaga yuborilgan. Yong`in oqibatida uyning 40 kv metr maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan. Yong`inning taxminiy sababi uydagi elektr simlarida qisqa tutashuv.






