2019 yil 28 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumani Saxovat ko`chasida joylashgan hammomda fuqaro M.M. sigareta chekish maqsadida gugurt chaqqan vaqtida xonaga to`plangan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo`lgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, natijada M.M. va Sh.N. turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganlar.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






