Bugun, 29 yanvar kuni Farg`onada er silkinishi qayd etildi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Toshkent vaqti bilan soat 11:16 da O`zbekiston-Qirg`iziston chegarasida zilzila sodir bo`lgan.
Ma`lum qilinishicha, zilzila Toshkentdan 224 km uzoqlikda yuz bergan.
Er silkinishi Namanganda 2 ball, Andijonda 2 ball va Farg`onada 3 ballni tashkil etgan.






