Markaziy Amerikada harakatlanayotgan migrantlar karvoni Meksikaning Verakrus shahriga etib keldi, deya xabar qildi Lenta.ru nashri.
Karvonning asosiy tarkibi Gonduras fuqarolaridan iborat. Ular shahardagi bozor va xiyobonlarga joylashib olishgan. Meksika hukumati ularga tibbiy yordam ko`rsatish bilan birga, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ham ta`minlaydi.
AQSh prezidenti Donald Tramp o`z chegarasini noqonuniy muhojirlardan himoya qilish pozisiyasida hamon qat`iy turibdi. U Meksika bilan AQSh chegarasida devor qurish uchun Kongress ruxsatini kutib o`tirmasligini ma`lum qilgan.






