AsosiyJamiyat

MIB aliment to`lovchi 16 ta qarzdorlarni oilasini tikladi

'MIB aliment to`lovchi 16 ta qarzdorlarni oilasini tikladi'ning rasmi

Oilaviy munosabatlarni tiklash, ajralishlarning oldini olish, ajrashgan oilalarda tarbiyalanayotgan farzandlar taqdiri, farzandlar uchun aliment to`lash, aliment undiruvidagi qarzdorlik masalalarini hal etishda davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligi yaxshi samara beradi.

Majburiy ijro byurosi orgshanolari bu borada muayyan ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

MIB Shofirkon tuman bo`limi ish yurituviga FIB G`ijduvon tumanlararo sudining 2018 yil 28 iyun kunidagi ijro hujjati bo`yicha qarzdor Safoev O`ktam O`tkirovichdan undiruvchi Qudratova Munira Rustamovnaning foydasiga voyaga etmagan 2 nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati bo`lim ish yurituvida 12.07.2018 yilda kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo`zg`atish to`g`risida qaror chiqarib, qaror nusxasi tomonlarga yuborilgan.

Shuningdek, ijro harakatlari davomida aliment undiruvi to`g`risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdor va undiruvchini yarashtirish, voyaga etmagan farzandlarni qarovsiz ya`ni ota-onasiz qoldirmaslik, ularni kelajakda yaxshi komil inson sifatida voyaga etkazish to`g`risida tushuntirish olib borildi.

Olib borilgan tadbir davomida qarzdor Safoev O`ktam O`tkirovich va undiruvchi Qudratova Munira Rustamovnalar oilasi yarashtirildi.

Hozirgi kunda ushbu tadbirlar davomida Qorako`l tumanida 3ta, Jondor tumanida 2 ta hamda Olot tumanida 8 ta oilalar yarashtirilib, aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjatlari ish yurituvidan tamomlandi.

Ushbu tadbir davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar