AsosiySport

Roberto Karlos O`zbekistonga keldi (foto)

'Roberto Karlos O`zbekistonga keldi (foto)'ning rasmi

Bugun, 28 yanvar kuni jahon futboli yulduzi, Jahon chempioni Roberto Karlos Toshkentga keldi. Bu haqda O`FA matbuot xizmati xabar berdi.

Roberto Karlos tashrifi davomida yosh futbolchilarga master-klasslar o`tkazib, mehribonlik uyidagi bolajonlar bilan uchrashishi ko`zda tutilgan.

Bundan tashqari, o`zbekistonlik mashhur futbol yulduzlari va faxriylar ishtirokida 10 daqiqadan iborat 2 taymli o`rtoqlik o`yini tashkil qilinadi. Roberto Karlos bu uchrashuvda har ikki jamoa tarkibida bittadan taymda maydonga tushadi.

Shuningdek, tashrif davomida Roberto Karlosni o`zbek futboli bilan yaqindan tanishtirish ham rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar