Ukrainaning Kiev shahar sudi mamlakatning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni davlatga xiyonatda ayblab, uni 13 yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar qildi Layf.ru nashri.
Sud uning aybi to`liq isbotlanganini ma`lum qildi. Viktor Yanukovich Moskvadan Ukrainaga harbiylarni olib kirishni so`raganlikda ayblanmoqda. U 2014 yilda hukumat o`zgarganidan so`ng, Rossiyaga qochib o`tgan. Yanukovich bu holatni uyushtirilgan siyosiy o`yin deb atamoqda. Uning advokati esa amaldagi rahbariyatga qarshi jinoiy ish qo`zg`atish uchun kerakli materiallar to`playotganini ta`kidlamoqda.






