Gresiya poytaxtida Afina va Skopje o`rtasida tuzilgan shartnoma yuzasidan kelib chiqqan noroziliklar davom etmoqda, deya ma`lum qildi Trend nashri.
Gresiya aholisi “Shimoliy Makedoniya Respublikasi” nomi bilan bog`liq shartnomani bekor qilishni talab qilmoqda. Odamlar markaziy maydon hamda parlament binosi oldiga to`planishgan. Namoyishchilarni tarqatish uchun esa polisiya ko`zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishga majbur bo`lmoqda.






