AsosiyJamiyat

Otabek Nazirov Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga rahbar etib tayinlandi

'Otabek Nazirov Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga rahbar etib tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Otabek Nazirov Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi, deb xabar berdi vazirlik axborot xizmati.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilingani haqida xabar berib o`tgan edik.

Ma`lumot uchun, Otabek Nazirov 1975 yilda tug`ilgan. U AQShning Nyu-York universitetini tamomlagan. AQShdagi Goldman Sachs Group, The Avascent Group, JP Morgan Chase, Rossiyadagi «Troyka Dialog» va MDM-Bank kabi shirkatlarda ishlagan.

U 2018 yilning mayidan iyuniga qadar innovasion rivojlanish vaziri o`rinbosari, bugungi kunga qadar xalq ta`limi vaziri o`rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar