AsosiyDunyo

Kolumbiyada transformer robot yaratildi

'Kolumbiyada transformer robot yaratildi 'ning rasmi

Kolumbiya poytaxti Bogotada havaskor ixtirochi Luis Kruz transformer robot yaratdi, deya xabar qildi Lenta.ru nashri.

Asli kasbi haydovchi bo`lgan Luis so`nggi vaqtlardagi iqtisodiy qiyinchilik sabab o`zini daromadliroq sohada sinab ko`rishga qaror qildi. U o`g`lining o`yinchoq mashinasini olib “Transformerlar” filmidan ilhomlangan holda robot yaratdi. Hozirga qadar u yaratgan transformer robotlar soni sakkiztaga etgan. Luisning oila a`zolari unga robotlar yasashda ko`maklashadi.

– Men ko`proq o`rganib, kelajakda etuk ixtirochi bo`lmoqchiman. Shu sohada katta muvaffaqiyatlarga erishishni maqsad qilyapman, – deydi Luis Kruz.

    Boshqa yangiliklar